Yangiliklar

14 Aprel 2026

13-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

584 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 116,3 mlrd so'm bo'lgan 748 ta lot 140,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
davlat aktivlari:
  • soni 13 ta
  • boshlang‘ich narxi 38,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 43,1 mlrd so‘m
Xorazm viloyati Urganch tumanida boshlang‘ich narxi 15,2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar bino-inshootlar 16 mlrd so‘mga sotildi.
davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
  • soni 284 ta
  • boshlang‘ich narxi 17,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 19,3 mlrd so‘m
yer uchastkalari:
  • soni 85 ta
  • boshlang'ich narxi 9,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 19,6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 18 ga
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidan boshlang'ich narxi 0,3 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 19 sotix yеr uchastkasi 2,8 mlrd so‘mga sotildi.
qishloq xo‘jaligi yerlari:
  • soni 158 ta
  • boshlang‘ich narxi 2,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 724,4 ga
boshqalar:
  • soni 208 ta
  • boshlang‘ich narxi 46,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 54,2 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 2 057 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 23,4 trln so'm bo'lgan 109 273 ta lot savdoga qo'yilgan.
30 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech