591 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 378,4 mlrd so'm bo'lgan 459 ta lot 399,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
davlat aktivlari:
- soni 1 ta
- boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 4,5 mlrd so‘m
Xorazm viloyati, Xazorasp tumanida boshlang‘ich narxi 1,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Hazorasp majmuasi kompleksi” MChJ ustav fondidagi 51,0 foiz davlat ulushi 4,5 mlrd so‘mga sotildi.
davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 79 ta
- boshlang‘ich narxi 346,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 351,9 mlrd so‘m
Jizzax viloyati, Zomin tumanida “Turon plaza hotel” MChJga qarashli “Ramada Encore by Wyndham” Zomin mehmonxonasi, osma ko‘prik, bandi jamping, zamonaviy restoran, kafe, salqin ichimliklar shoxobchasi, bolalar o‘yingohi, savdo do‘koni hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bino va inshootlariga ulush kiritish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqi 324,6 mlrd so‘mga sotildi.
yer uchastkalari:
- soni 108 ta
- boshlang'ich narxi 4,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 6,5 mlrd so‘m
- yer maydoni 18,1 ga
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m bo‘lgan sanoati korxonalari qurish uchun ijara huquqi bilan yеr uchastkasi 1,5 mlrd so‘mga sotildi.
Xorazm viloyati, Urganch tumanida boshlang'ich narxi 75 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun ijara huquqi bilan yеr uchastkasi 1,5 mlrd so‘mga sotildi.
qishloq xo‘jaligi yerlari:
- soni 115 ta
- boshlang‘ich narxi 5,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 6,2 mlrd so‘m
- yer maydoni 1119,6 ga
boshqalar:
- soni 156 ta
- boshlang‘ich narxi 20,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 30,6 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 1268 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 22,5 trln so'm bo'lgan 111 141 ta lot savdoga qo'yilgan.

