Yangiliklar

09 Iyun 2026

8-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

2 587 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 124,9 mlrd so'm bo'lgan 326 ta lot 253,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
davlat aktivlari:
  • soni 1 ta
  • boshlang‘ich narxi 2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,3 mlrd so‘m
Toshkent shahar, Yashnobod tumanida boshlang‘ich narxi 2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga qarashli noturar bino 2,3 mlrd so‘mga sotildi.
davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
  • soni 70 ta
  • boshlang‘ich narxi 35,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 36,9 mlrd so‘m
yer uchastkalari:
  • soni 113 ta
  • boshlang'ich narxi 68,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 178,7 mlrd so‘m
  • yer maydoni 43,8 ga
Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida boshlang‘ich narxi 33 mlrd so‘m bo‘lgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, ofis, mehmonxona, umumiy ovqatlanish xizmatlari hamda o‘rta qavatli turar-joy binolarini tashkil qilish uchun gektar yer uchastkasi 34,6 mlrd so‘mga sotildi.
boshqalar:
  • soni 142 ta
  • boshlang‘ich narxi 18,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 35,8 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 1127 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 28,5 trln so'm bo'lgan 99 597 ta lot savdoga qo'yilgan.
77 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech