I. Davaktiv agentligining joriy yil 7 avgustdagi “Аvtokomponent” MChJ va “Avto Climate Control” MChJ ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini sotish jarayoni boshlanganligi toʼgʼrisidagi eʼlonlarga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.
Davaktiv agentligi ushbu jamiyatlarni xususiylashtirish boʼyicha konsulьtant “Portfolio Investments” kompaniyasining taklifiga asosan, yanada koʼproq salohiyatli investorlarni jalb qilish, mazkur savdo bosqichida talab etiladigan hujjatlarni tayyorlanishiga koʼproq imkoniyat yaratish, shuningdek sotish jarayonlarini raqobat muhitida oʼtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlarga “Аvtokomponent” MChJ va “Avto Climate Control” MChJdagi davlat ulushini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʼyicha arizalarni qabul qilish muddatini 2024 yil 10 oktyabrь kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.
Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborish lozim: munir.yakubov@piamg.uz
Аvvalgi chop etilgan Аktivni sotib olish boʼyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʼgʼrisidagi eʼlonlarning qolgan barcha bandlari oʼzgarishsiz qolmoqda.
Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʼgʼrisida jamoatchilikni qoʼshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.
II. Tegishli xususiylashtirish dasturlariga asosan, Davaktiv agentligining 2024 yil 22 iyulьdagi eʼloniga muvofiq, “Uzinjiniring” respublika loyiha instituti” MChJ (keyingi oʼrinlarda – “Аktiv”) ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish jarayonlari boshlangan.
Oʼz navbatida, ushbu Аktivni xususiylashtirish jarayonini ilgʼor xalqaro tajriba asosida amalga oshirish uchun “Abrau Capital” (keyingi oʼrinlarda – "Konsulьtant") kompaniyasi xususiylashtirish boʼyicha Konsulьtant sifatida jalb etilgan.
Аvval berilgan axborotga muvofiq, Аktivni sotib olishga talabgorlardan arizalarni qabul qilish jarayoni doirasida, 2024 yil 22 avgustga qadar 3 nafar xalqaro va mahalliy investorlar tomonidan sotib olish boʼyicha qiziqish bildirish toʼgʼrisidagi arizalar Konsulьtantga kelib tushib, ushbu talabgorlar keyingi bosqichga oʼtkazilgan edi.
Konsulьtant tomonidan taqdim etilgan maʼlumotga asosan, keyingi bosqichga oʼtkazilgan 2 nafar talabgorlar tomonidan savdo jarayonlarida qatnashish rad etilgan.
Shunga koʼra, Konsulьtant tavsiyasiga asosan sotish jarayonini raqobat muhitida oʼtkazish maqsadida, Davaktiv agentligi barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “Uzinjiniring” respublika loyiha instituti” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining Аktivni sotib olish boʼyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi muddati 2024 yil 8 oktyabrь kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.
Shu bilan birga, avvalgi chop etilgan Аktivni sotib olish boʼyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʼgʼrisidagi eʼlonning qolgan barcha bandlari oʼzgarishsiz qolmoqda.
Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʼgʼrisida jamoatchilikni qoʼshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.