Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida"gi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 647-son qaroriga muvofiq Davlat aktivlari agentligi ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga davlat ulushi boʻyicha aʼzolikka nomzodlarni tanlov asosida saralab olish va keyinchalik korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga saylash boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.
Davlat aktivlari agentligi ishtirokidagi quyidagi jadvalda koʻrsatilgan 11 ta korxonalarning kuzatuv kengashlari tarkibiga davlat ulushi boʻyicha 20 nafar nomzodlarni tanlov asosida saralab olish boʻyicha 2025-yil 21-oktabrdan 2025-yil 21-noyabrga qadar ochiq tanlov eʼlon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish Davlat aktivlari agentligining maxsus veb-portali (cns.Davlat aktivlari.uz) orqali elektron shaklda qabul qilinadi (foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma bilan tanishish).
Har bir korxonaning sohaviy yoʻnalishini inobatga olib qoʻshimcha talablar belgilangan.
Tanlov jarayoni korxonalarda kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borish istagida boʻlgan va quyidagi umumiy talablarga mos har qanday shaxslar uchun ochiq:
- amaldagi korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega boʻlishi, bundan qonunchilik hujjatlariga binoan korporativ boshqaruvchi malaka attestatini olish talab etilmaydigan shaxslar mustasno;
- oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
- kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi, bunda sohaviy tajribaga ega boʻlgan nomzodlarga ustunlik beriladi;
- nomzod ariza topshirmoqchi boʻlgan korxona boshqaruvi aʼzolari va direktori yoki ularning funksiyalarini amalga oshirayotgan, korxonada yoki uning shoʻba va tobe xoʻjalik jamiyatlarida mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlamayotgan boʻlishi;
- iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun sudlanganligi mavjud boʻlmagan hamda sud qarorlariga asosan mansab lavozimlarini egallashi cheklanmagan, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilmagan boʻlishi;
- korxonaga nisbatan tartibga soluvchi yoki nazorat (shu jumladan, litsenziyalash organlari va moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshiruvchi organlar) funksiyasini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining xodimi boʻlmasligi;
- qonunchilik hujjatlarida kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat olib borishi taqiqlangan shaxslar toifasiga kirmasligi;
- besh va undan ortiq kuzatuv kengashlarida aʼzo boʻlmasligi (davlat xizmatchilari uchtadan ortiq korxona kuzatuv kengashi tarkibida aʼzo boʻlmaligi);
- soʻngi uch yilda korxonaga va (yoki) korxonaning affillangan shaxslariga auditorlik xizmatlarini koʻrsatgan auditorlik tashkilotining xodimi boʻlmasligi;
- jamiyat bilan manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlmasligi lozim.
Nomzodlar Kuzatuv kengashi aʼzolariga yuklatiladigan fidutsiar majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
DIQQAT!!! Gender tengligini taʼminlash boʻyicha davlat siyosatiga muvofiq, tanlov jarayonida ayollar nomzodlariga ustuvorlik beriladi, bunda ularning malakasi, ish tajribasi va sohaviy yoʻnalishga mosligi inobatga olinadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davlat aktivlari agentligining maxsus aloqa raqamlari: F.Abduvaliyeva, (71) 259-22-04
Tanlov talablariga mos keluvchi talabgorlarni ushbu tanlovlarga ishtirok etishga chorlaymiz.
Har bir korxonaning sohaviy yoʻnalishini inobatga olgan holda, qoʻshimcha talablar va ariza topshirish uchun muddatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan quyidagi jadvaldagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin
Kuzatuv kengashi aʼzolari jalb qilinadigan korxonalar roʻyxati
|
T/r |
Xoʻjalik jamiyatining nomi |
Aʼzolik oʻrinlari |
Ariza berish uchun havola |
|
|
1 |
“O`zagrosug`urta” AJ |
3 |
||
|
2 |
“Buxorogazsanoatqurilish” AJ |
5 |
||
|
3 |
“Yoʻl-loyiha byurosi” MChJ |
1 |
||
|
4 |
“Shahrisabz vino-aroq” AJ |
1 |
||
|
5 |
“Markaziy Ippodrom” AJ |
1 |
||
|
6 |
“Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJ |
1 |
||
|
7 |
“UzSungwoo” MChJ QK |
1 |
||
|
8 |
“Guliston 2535-sonli avtojamlanmasi” MChJ |
3 |
||
|
9 |
“Muborakneftgazmontaj” AJ |
1 |
||
|
10 |
“Xorazmsuvqurilish” AJ |
1 |
||
| 11 | “Qo`qon mexanika zavodi” AJ | 2 | havola | |

