Navoiy viloyat hududiy boshqarmasida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 708-sonli “Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan, joriy yilning 26-noyabr sanasida davlat ishtirokidagi korxona va muassasa xodimlari va sud boshqaruvchilari ishtirokida kengaytirilgan tarzda qo‘shimcha seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Ravshanov va boshqarma bosh mutaxassisi A.Boymuratovlar qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari o‘rtasida qarorning mazmun mohiyati va ahamiyati bo‘yicha savol javob tariqasida olib borildi.



