Yangiliklar

03 Sentyabr 2025

Davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara to‘lovlari uchun beriladigan imtiyozlar

HURMATLI TADBIRKORLAR!

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-376-son qarori asosan:

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasanachilik asosida ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkidagi bino va inshootlarni ijaraga olishda ijara to‘lovlari uchun beriladigan imtiyozlar:

 

  “Ayollar daftari”ga kiritilgan

xotin-qizlar (ishsiz) soni

Davlat mulkidagi bino va inshootlarning imtiyoz qo‘llaniladigan eng ko‘p maydoni*

Toshkent shahri

(kv. m)

Nukus shahri va viloyatlar markazlari (kv. m)

Tuman markazlari

(kv. m)

Boshqa hududlar

(kv. m)

I. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarni ishga qabul qilganda, umumiy ijara maydoniga nisbatan ijara to‘lovlarini 50 foiz miqdorida to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha

5 nafar

60

80

100

120

6 nafardan — 9 nafargacha

100

120

140

160

10 nafardan — 19 nafargacha

200

240

280

300

20 nafar va undan ortiq

250

280

300

320

II. Ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bo‘lgan, davlat mulkidagi bino va inshootlar uchun ijara haqi to‘lovidan 5 yilga ozod etiladigan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha

10 nafargacha

100

120

140

160

10 nafardan — 19 nafargacha

140

160

180

200

20 nafardan — 29 nafargacha

180

200

220

240

30 nafar va undan ortiq

220

240

260

280

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-6208-son Farmoniga asosan:

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkini ijaraga olishda ijara to‘lovlaridan taqdim etiladigan imtiyozlar:

 

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishchilar soni

Davlat mulki obyektining imtiyoz qo‘llaniladigan eng ko‘p maydoni

Toshkent shahar (kv. m)

Nukus shahar va viloyat markazlari (kv. m)

Tuman markazlari (kv. m)

Boshqa hududlar (kv. m)

I. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga qabul qilganda umumiy ijara maydoniga nisbatan ijara to‘lovlarini 50 foiz miqdorida to‘laydigan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha

5 ta

60

80

100

120

6 dan — 9 gacha

100

120

140

160

10 dan — 19 gacha

200

240

280

300

20 va undan ortiq

250

280

300

320

II. Ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan va xodimlar umumiy sonining kamida 70 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bo‘lgan, davlat mulki obyektlari uchun ijara haqi to‘lovidan 5 yilga ozod etiladigan tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha**

10 gacha

100

120

140

160

10 dan — 19 gacha

140

160

180

200

20 dan — 29 gacha

180

200

220

240

30 va undan ortiq

220

240

260

280

 

Mazkur qaror va farmondan kelib chiqib murojaat qilgan tadbirkorlarga bino va inshootlarni imtiyozli ravishda ijaraga berishni ma’lum qilamiz.

Berilgan qarorlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni Davlat mulki obyektlardan samarali foydalanish markazining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasidan olishingiz mumkin.

Manzil: Navoiy viloyati, Navoiy shahri, S.Ayniy ko‘chasi, 27-uy (3-qavat)

  Telefon: (79) 225-12-75 va (79) 225-21-08

21 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech