Yangiliklar

01 Avgust 2026

“Dolzarb 40 kun” dasturi doirasida Xatirchi tumanining “Qoracha”, “Nayman”, “A.Navoiy” va “Damariq” mahallalarida manzilli o‘rganishlar olib borildi

Davlat aktivlari agentligi rahbariyati Xatirchi tumanidagi “Qoracha”“Nayman”“A.Navoiy” va “Damariq” mahallalarida bo‘lib, dastur ijrosi, aholi bandligi hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini joyiga chiqgan holda o‘rgandi.

 

“Qoracha” MFYda 61 nafar“Nayman” MFYda 44 nafar“A.Navoiy” MFYda 31 nafar va “Damariq” MFYda 35 nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

 

Dastur doirasida “Qoracha” mahallasida 4,5 km ichki yo‘llarni asfaltlash, 11,9 km elektr tarmog‘ini hamda 1 ta transformatorni yangilash, 7,5 km ichimlik suvi tarmog‘ini ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, “Nayman” mahallasida 17 nafar fuqaroga 197 mln so‘m“A.Navoiy” mahallasida 1,9 mlrd so‘m“Damariq” mahallasida esa 2 mlrd so‘mga yaqin imtiyozli kredit mablag‘larini yo‘naltirish orqali tadbirkorlik va aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.

“Dolzarb 40 kun dasturi doirasida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

6 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech