Davlat aktivlari agentligining joriy yil 10-iyundagi “UzSungwoo” MChJ va “Xiva Plaza” MChJ (“Farovon Khiva Hotel” mehmonxonasi)larni ustav kapitallaridagi davlat ulushini ochiq savdo jarayonlari boʻyicha eʼlonlariga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.
Xususiylashtirish boʻyicha konsultantlar taklifiga asosan, yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilgan holda sotish jarayonlarini shaffof va raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga mazkur davlat ulushlarini sotib olish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati 2025-yil 15-sentabr Toshkent vaqti bilan soat 23:59 ga qadar uzaytirilganligi maʼlum qilinadi.
Qiziqish bildirilgan taqdirda arizalarni quyidagi elektron pochta manzillariga yuborish lozim:
- “UzSungwoo” MChJ boʻyicha munir.yakubov@piamg.uz;
- “Xiva Plaza” MChJ boʻyicha info@rsm.uz.
Shuningdek, avval eʼlon qilingan maʼlumotlar va talablarning barcha boshqa bandlari oʻzgarishsiz qolgani maʼlum qilinadi.
Avvalgi eʼlonlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

