Yangiliklar

27 Avgust 2024

Karmana tumanida ROAD SHOW

2024 yil 27 avgust kuni Karmana tumani hokimligi majlislar zalida davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Karmana tumani hokimligi bilan hamkorlikda Roadshow bo`lib o`tdi. Tadbirda mahallalar hokim yordamchilari, tadbirkorlarga PQ-162 sonli Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori hamda qarorga asosan xususiylashtirishga tushgan davlat aktivlari va obektlari to`liq tanishtirildi.

Shuningdek, tadbir davomida viloyat hududida joylashgan xususiylashtirish dasturlariga asosan e-auksion.uz savdo platformasiga onlayn savdolarga chiqarilgan davlat aktivlari to'g'risidagi ma'lumotlar tadbir ishtirokchilariga yetkazildi.

Tadbirda ishtirok etayotgan tadbirkorlar va hokim yordamchilarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Mazkur tadbir viloyatning barcha hududlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.  

Batafsil ma'lumot olish uchun:  Tel: 79-220-62-01, 79-220-62-05

 Manzil: Navoiy shahri S.Ayniy 27

Mo'ljal: Davlat xizmatlari markazi

Ijtimoiy tarmoqlar:

 Telegram | Facebook | Youtube

5 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech