Yangiliklar

14 Oktyabr 2024

Master-reja asosida savdoga chiqarilgan yerlarni sotib oling va oʼz biznesingizni boshlang

Xalqaro yoʼllar boʼyida xizmat koʼrsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, Malikobod MFY hududida joylashgan Master-reja asosida savdoga chiqarilgan yerlarni sotib oling!

Master reja izohi:

1. Yer uchastkasi M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʼl boʼyining 196 kmda joylashgan.

2. Mazkur yer uchastkasi yoʼl boʼyida savdo va xizmat koʼrsatish obyektlarini tashkil yetish boʼyicha tayyor master-reja asosida yelektron-onlayn auksion savdolariga joylashtirilgan.

3. Yer uchastkasi xaridorlari tomonidan umumiy foydalanish hududidagi yoʼl va yoʼlakchalar hamda loyihada koʼrsatilgan yashil hududlar barpo yetiladi.

Muhim maʼlumotlar:

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.09.2024-yildagi PF-135-son Farmoniga asosan qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda boʼlib-boʼlib toʼlashga beriladi:
- Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabgi toʼlovni oʼn besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
- boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida 15 foiz miqdorida dastlabki toʼlovni oʼn besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
- 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki toʼlovni oʼn besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
- barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati oʼn besh ish kunida toʼliq toʼlangan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma berilishi, bunda boshlangʼich narxi 50 foizdan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari mustasno.
 
Batafsil maʼlumot olish uchun telefonlar:
+998 93 460-88-83
+998 79 220-62-01
 
Savdoga chiqarilga yer uchaskalari bilan bu yerda e-auksion.uz tanishishnigz mumkin.  

 
 
36 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech