Joriy yilning iyul oyining o'tgan davri mobaynida Navoiy viloyati hududida joylashgan xususiylashtirish dasturlariga asosan elektron onlayn savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarining (koʼchmas mulk obʼektlar, davlat ulushi mavjud boʼlgan xoʼjalik jamiyatlarining davlat ulushlari) 8 tasi sotildi.
Mazkur davlat aktivlari jami 2,2 mlrd soʼm boshlangʼich narxda savdolarga chiqarilgan boʼlsa, elektron onlayn savdo natijalari yakunlariga koʼra sotilgan narx 2,6 mlrd soʼmni tashkil qildi.
Misol uchun: Karmana tumanida joylashgan Sobiq ma'muriy bino (70-korpus) binosi 1 397,0 mln soʼmga sotilgan.
Shuningdek bugungi kun holatida xususiylashtirish dasturlariga asosan elektron onlayn savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarini 67 tasida savdolar davom etmoqda.
Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar savdosi davom etayotgan davlat aktivlarini sotib olib o'z biznesingizni kengaytiring!
Navoiy viloyatida savdolarda mavjud davlat aktivlari to'g'risidagi ma'lumotlarni bu yerda ko'rishingiz mumkin!

