Yangiliklar

11 Avgust 2024

Onlayn auksion natijalari to'g'risida

Joriy yil avgust oyining oʼtgan davri mobaynida Navoiy viloyati hududida joylashgan xususiylashtirish dasturlariga asosan yelektron onlayn savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarining (koʼchmas mulk obʼektlar, davlat ulushi mavjud boʼlgan xoʼjalik jamiyatlarining davlat ulushlari) 4 tasi sotildi.

Mazkur davlat aktivlari jami 1,2 mlrd soʼm boshlangʼich narxda savdolarga chiqarilgan boʼlsa, yelektron onlayn savdo natijalari yakunlariga koʼra sotilgan narx 1,5 mlrd soʼmni tashkil qildi.

Misol uchun: Karmana tumanida joylashgan Qop ishlab chiqarish sexi binosi 637,4 mln soʼmga sotilgan.

Shuningdek bugungi kun holatida xususiylashtirish dasturlariga asosan yelektron onlayn savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarini 67 tasida savdolar davom yetmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar savdosi davom yetayotgan davlat aktivlarini sotib olib oʼz biznesingizni kengaytiring!

Navoiy viloyatida savdolarda mavjud davlat aktivlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni bu yerda koʼrishingiz mumkin!

70 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech