Yangiliklar

18 Iyun 2026

Toshkent xalqaro investitsiya forumida xususiylashtirish va kapital bozorlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 16–18-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Davlat aktivlarini sotish va kapital bozorlarini rivojlantirish: rivojlanayotgan iqtisodiyotlar tajribasi” mavzusidagi panel sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o'rinbosari Alisher Miraliyev, xalqaro moliya institutlari, investitsiya kompaniyalari, konsalting tashkilotlari hamda biznes hamjamiyati vakillari ishtirok etdi.

 

 

Panel sessiya davomida davlat aktivlarini xususiylashtirish, kapital bozorlarini rivojlantirish, investorlar huquqlarini himoya qilish hamda xalqaro investitsiyalarni jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Muhokamalar davomida xalqaro ekspertlar tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va xususiylashtirish jarayonlariga yuqori baho berildi.

 

Jumladan:

Jovanni Salvetti, Rothschild & Co kompaniyasining MDH mintaqasi bo‘yicha rahbari va hamkori, mamlakatda investorlar uchun shakllantirilgan ochiq va raqobatbardosh muhitni e’tirof etdi hamda xususiylashtirish dasturining xalqaro investitsiya bozorlarida yuqori qiziqish uyg‘otayotganini ta’kidladi;

Tomer Pinkusevich, Gibson Dunn kompaniyasi hamkori, O‘zbekiston bozoriga xalqaro investorlar qiziqishi izchil ortib borayotganini qayd etib, iqtisodiy islohotlarning hozirgi sur’atini saqlab qolish va davlat ishtirokini qisqartirish siyosatini izchil davom ettirish muhimligini ta’kidladi;

Yevgeniy Gaysev, Morgan Stanley kompaniyasining Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika (EMEA) mintaqasi bo‘yicha ijrochi direktori, mamlakatda investitsiya muhitining ochiqligi va islohotlarni amalga oshirishdagi shaffof yondashuvni alohida e’tirof etdi.

 

 

O‘z nutqida A.Miraliyev mamlakatimizda davlat aktivlarini xususiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investorlar uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar hamda erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.

 

 

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda xususiylashtirish jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

 

 

Xususan, 2021–2025-yillar davomida qiymati 5,3 mlrd AQSH dollariga teng davlat aktivlari realizatsiya qilinib, shundan 1,2 mlrd AQSH dollarlik aktivlar xorijiy investorlarga sotildi. Mazkur davrda xususiylashtirilgan aktivlar negizida 1 mlrd AQSH dollaridan ortiq investitsiyalar jalb etilib, 37 mingta yangi ish o‘rni yaratildi.

 

 

Panel sessiya davlat aktivlarini boshqarish va xususiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro hamjamiyat vakillariga taqdim etish hamda ushbu yo‘nalishdagi amaliy tajriba almashuvini kengaytirishga xizmat qildi.

51 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech