So‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish hamda xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash yuzasidan keskin islohotlar amalga oshirilib, bu boradagi ishlar yanada jadallashtirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi “2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish maqsadida, 2030 yil 1 yanvarga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilindi hamda bozorlar ustavida mahalliy davlat hokimliklarning majburiy ishtirok etishi talabi bekor qilindi.
O‘z o‘rnida, hududlarda mazkur Farmon mazmun-mohiyatini tadbirkorlar va keng jamoatchilikka tushuntirish, uning targ‘ibot ishlarini jadallashtirish maqsadida, joriy yilning 26 iyun kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Navoiy viloyatida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari to‘g‘risida Uchqudq tumani tadbirkorlari va investorlari ishtirokida “Roadshow” taqdimoti o‘tkazildi.

.jpg)
.jpg)

Ушбу тадбирда тадбиркорлар ва инвесторлар, маҳаллий ҳокимлик вакиллари ҳамда тумандаги тегишли ташкилот вакиллари иштирок этди.

