O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan huquqiy bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishiga qaratilgan “Huquq Maktabi” mobil ilovasi yaratildi.
Android uchun:
https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.jasurkholiqulov.huquqmaktabi&hl=uz
IOS uchun:
https://apps.apple.com/uz/app/huquq-maktabi-mobile/id6544800269
Mobil ilovada malakali pedagoglar va ekspertlar tomonidan tayyorlangan kurslar, interaktiv testlar, huquqiy masalalarni sodda tilda tushuntirishga qaratilgan kontentlar, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda kursni o‘zlashtirilganligi to‘g‘risida online sertifikatlarni qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.
Mobil ilovadan foydalanib huquqiy bilimingizni oshiring!

