Yangiliklar

23 Iyun 2026

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida xalqaro moliya institutlari va strategik investorlar bilan natijador uchrashuvlar o‘tkazildi

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan mamlakatning xususiylashtirish dasturini xalqaro miqyosda ilgari surish, strategik investorlar doirasini kengaytirish hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, forum doirasida AQSh, Xitoy, Yevropa, Fors ko‘rfazi davlatlari va boshqa qator mamlakatlarning yetakchi investitsiya banklari, moliyaviy va konsalting kompaniyalari, yirik sanoat guruhlari hamda strategik investorlar bilan 15 dan ortiq yuqori darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.

 

IMG_6028.jpg

 

Jumladan, AQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC), Rothschild & Co, Morgan Stanley, Gibson Dunn, ACWA Power, Coca-Cola İçecek, Orica, XCMG, CNH Industrial, McKim and Company, Alvarez & Marsal hamda boshqa nufuzli kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

 

IMG_6008.jpg

IMG_6045.jpg

Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va navbatdagi bosqichlarda rejalashtirilgan xususiylashtirish dasturlarida xalqaro strategik investorlar ishtirokini kengaytirish, davlat aktivlarini xalqaro kapital bozorlarida faol targ‘ib qilish, marketing va investorlar bilan manzilli ishlash mexanizmlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

IMG_6058.jpg

IMG_6141.jpg

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha yirik xalqaro moliya institutlari va strategik investorlarning xususiylashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, istiqbolli bitimlar uchun investitsion hamkorlikni rivojlantirish hamda davlat aktivlarini transformatsiya qilish va xususiy sektorga samarali o‘tkazish bo‘yicha ustuvor hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

 

IMG_6132.jpg

 

Shuningdek, O‘zbekistonning xususiylashtirish dasturini xalqaro investitsiya hamjamiyatida keng targ‘ib etish, potensial investorlar bilan manzilli va tizimli ishlash hamda yangi strategik hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur uchrashuvlar mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish, xususiylashtirish jarayonlarining ochiqligi va raqobatbardoshligini ta’minlash hamda davlat aktivlarini bozor tamoyillari asosida samarali boshqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirishga xizmat qiladi.

 

IMG_6137.jpg

 

 

IMG_6088.jpg

 

IMG_6080.jpg

57 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech