So‘ngi yillarda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, samarasiz ishlayotgan va istiqbolsiz korxonalarni tugatish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda davlat mulkni xususiylashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qator qarorlari qabul qilindi. Qabul qilingan qarorlar ijrosini o‘z muddatlarida va sifatli tashkil etish bo‘yicha hududiy boshqarma rahbar xodimlari ishtirokida o‘quv amaliy simenarlar tashkil etib borilmoqda.



