O‘ZBEK TILI KURSLARI
- O‘zbek tilida muloqot qilishga qiynalyapsizmi?
- O‘zbek tilida so‘zlayotgan do‘stingizning fikrlarini tez va oson tushunishni hamda shu tilda sodda va ravon javob qaytarishni istaysizmi?
- O‘zbek madaniyati, urf-odatlari va an’analariga qiziqasizmi?
- O‘z fikrlaringizni suhbatdoshingizga o‘zbek tilida bildira olmayapsizmi?
- O‘zbek tilidagi matnlarni o‘qiganingizda tushunishga qiynalyapsizmi?
- Balki, o‘zingiz faoliyat yuritayotgan tashkilotda o‘zbek tilida turli taqdimotlar qilishni istarsiz? Yoki o‘zbek tilida so‘zlashish sizning orzularingizdan biridir?
MAQSADINGIZNING AMALGA OSHISHIDA SIZGA BIZ YORDAM BERAMIZ
O‘QUV KURSINING AFZALLIGI
-jonli muloqot, an’anaviy darslar;
-10-12 nafarli kichik guruhlar;
-144 soatga mo'ljallangan maxsus o'quv dasturi;
-barcha qulayliklarga ega zamonaviy o‘quv xonalari;
-malakali mutaxassislarning qiziqarli darslari;
Eng muhimi, Markaz Sizdan o‘quv mashg‘ulotlari uchun hech qanday to‘lovlarni talab qilmaydi.
Sizlarni o‘zbek tili kurslarida kutib qolamiz. Keling, murojaat qiling, davlat tilini o‘rganing!
Murojaat uchun:
97 553 59 19, 77 120 11 91, 99 728 29 00.
DAVLAT TILiDA ISH YURITISH ASOSLARINI 0‘QITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

