Yangiliklar

21 Oktyabr 2025

21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni muborak boʻlsin !

Davlat aktivlari agentligi jamoasi Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining   36 yilligi hamda 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni bilan Siz azizlarni samimiy muborakbod etadi.

 

Til — xalqning ruhi, tarix va madaniyatining ifodasi, yurtimizning maʼnaviy asosidir. Oʻzbek tili bizni birlashtiradi, milliy gʻururimizni yuksaltiradi va ona Vatanga boʻlgan muhabbatimizni yanada mustahkamlaydi.
        

Bugun oʻzbek tili nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham munosib oʻringa ega boʻlib, davlat boshqaruvi, fan, madaniyat, taʼlim va axborot sohalarida tobora mustahkam mavqega ega boʻlib bormoqda.

 

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganlaridek, “Har birimiz  davlat tiliga boʻlgan eʼtiborni mustaqillikka boʻlgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak”.

 

Yurtimizda ona tilimizni davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini oshirish boʻyicha olib borilayotgan saʼy-harakatlarni qoʻllab-quvvatlash, oʻzbek tilining sofligini, boyligini saqlab qolishga  har birimiz masʼulmiz.

 

Ona tilimizni ardoqlaylik — u bizning millat sifatidagi abadiy qiyofamiz va kelajak avlodlarga qoldiradigan eng qimmatli maʼnaviy merosimizdir. Shu ulugʻ bayram munosabati bilan har biringizni ona tilimizga ehtirom bilan yondashishga, uning boy va goʻzal imkoniyatlarini yanada keng targʻib etishga chaqiramiz.

Oʻzbek tili bayrami kuni muborak boʻlsin!

10 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech