HURMATLI TADBIRKORLAR, AZIZ YURTDOSHLAR!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-sonli qaroriga asosan xususiylashtirish dasturlariga binoan ommaviy savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarining sotilishini yanada jadallashtirish hamda iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish maqsadida bir qator imtiyoz va preferensiyalar belgilangan, jumladan:
davlat aktivlari uch oy davomida sotilmaganda (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) ularning boshlang‘ich narxi qoldiq (balans) qiymati yoki sof aktivlari miqdoridan qat’i nazar 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi;
ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib 4 va 5-toifalarga kiritilgan tumanlarda joylashgan davlat aktivlari bo‘yicha dastlabki to‘lov summasi 35 foizdan kam bo‘lgan hollarda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha foizlarni hisoblash tartibi bekor qilinib, to‘lovlarni, miqdoridan qat’i nazar, 5 yil ichida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi.
Mazkur qaror ijrosi doirasida viloyat bo‘yicha jami 35 ta davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlari 10 foizga qadar pasaytirildi va bu borada tegishli ishlar davom ettirilmoqda.
Ommaviy savdolarda ishtirok etib, biznesingiz uchun munosib davlat aktivlaridan xarid qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!
Ma’lumot uchun telefon raqamlari:
(79) 220-62-01, 220-62-05

