Yangiliklar

28 Iyul 2026

Davlat aktivlari agentligi rahbariyati dolzarb 40 kunlik doirasida Navoiy viloyatida o‘rganish o‘tkazdi

“Dolzarb qirq kunlik” dasturi doirasida 2026-yil 20-iyul kuni Navoiy viloyatida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida

Xususan, Navbahor tumanining “Paxtakor”, “Oq oltin” va “Yangiyoʻl” mahallalari, shuningdek, Karmana tumanining “Talqoq” mahallasida ichki yoʻllarni taʼmirlash, koʻcha yoritish tizimini yaxshilash, sport maydonchasini barpo etish, mahalla mablagʻlarini mustahkamlash, aholi bandligini taʼminlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, 8 ta yangi tadbirkorlik subyektini tashkil etish, 20 ta yangi ish oʻrnini yaratish, 11 nafar fuqaroni kasb-hunarga oʻqitish, 20 nafar fuqaroga 1,3 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli kredit ajratish, 31 nafar hamda 15 nafar ishsiz fuqaroning bandligini taʼminlash, tomorqa va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, chorvachilikni rivojlantirish, shuningdek, mahalla aholisi uchun Navoiy shahriga qatnovchi 27-sonli avtobus yoʻnalishini qayta tiklash boʻyicha takliflar ilgari surildi.

Tashrif yakunida aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, infratuzilmani yanada yaxshilash hamda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

 
28 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech