“26-iyunь — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasida targʼibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlari ijrosini taʼminlash, jamiyatda sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish hamda giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida xabardorlikni oshirish maqsadida oʼtkazildi.

Tadbirda soʼzga chiqganlar giyohvand moddalarning inson salomatligiga, oila va jamiyat hayotiga yetkazadigan zararlari, ularning tarqalishining oldini olish, shuningdek, bu borada amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar hamda huquqiy oqibatlari haqida atroflicha maʼlumot berdilar.

Giyohvandlik inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf soluvchi illatlardan biridir. U nafaqat insonning jismoniy va ruhiy holatiga zarar yetkazadi, balki yoshlarning kelajagi, ta'lim olishi va jamiyatdagi o‘rniga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu bois har bir fuqaro giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida yetarli bilimga ega bo‘lishi va undan yiroq turishi zarur.
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan barchani sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, yoshlarni zararli odatlardan asrashga va giyohvandlikka qarshi kurashishda faol bo‘lishga chaqiramiz. Sog‘lom avlod, mustahkam oila va farovon jamiyat barpo etish har birimizning umumiy vazifamizdir.

