Yangiliklar

27 Mart 2025

Faxriylar e'zozda bo'ladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “Faxriylar kengashi” yangi tarkibini va nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida” buyrugʻi bilan Davaktiv agentligi huzuridagi Faxriylar kengashining yangi tarkibi va Kengashning Nizomi tasdiqlangan.

2025-yil 26-martda faxriylar kengashining raisi A.Daliyev rahbarlik qilgan majlisda Kengash tomonidan joriy yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Unga koʻra, Davaktiv agentligi faxriylarining faoliyatini yanada yaxshilash, jumladan, faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish, faxriylarning yosh mutaxassislar bilan tajriba almashuvi, turli tashkiliy-maʼnaviy tadbirlarni oʻtkazish, faxriylarni ijtimoiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq aniq va keng qamrovli tadbirlar tasdiqlandi.

Majlis videokonferensiya shaklida oʻtkazilib, uning ishida Davaktiv agentligi masʼul xodimlari ham ishtirok etishdi. Hududiy boshqarmalar qisqa muddatlarda tashkilotda faoliyat yuritgan va hozirda nafaqada nuroniylik gashtini surayotgan hamkasblarimizning toʻliq roʻyxatini yana bir bor xatlovdan oʻtkazishlari soʻraldi.

Bir guruh faxriylarimiz hozirda hayot va nafaqada. Xususiylashtirish, davlat mulkini ijaraga berish, xorijdagi mulklar roʻyxatini shakllantirish va ularni boshqarish mexanizmlarini joriy qilishda jonbozlik qilgan Mavluda XashimovaMaʼmur ZiyayevIgor YakovlevFarid XabiyevMahmudjon Asqarov kabi qator ustozlarimizning tajribalari bugun, har vaqtdagidan ham muhim.

Yangi Oʻzbekistonni tashkil qilish yangicha fikrlash, yangicha yondashuvlarni joriy qilishni talab etadi. Ammo bular toʻplangan tajriba, bilim va koʻnikmalarga asoslanishi sir emas.

Shuning uchun ham faxriylarimizning tajribasi, bilimini yoshlarimizga yetkazishimiz bilan birga ularni eʼzozlash, nuroniylik davrini yanada qiziqarli tadbirlar bilan boyitish ham shart, ham zarur.

Kengash ishi – hammamizning sharafli ishimiz, zero hech vaqt oʻtmay bu Kengash roʻyxatiga kirish yoshiga yetib boramiz. Shuning uchun hammamiz birlashishimiz, faxriylarimizni eʼzozlab, hurmatini joyiga qoʻyishimiz sharafli burchimizdir.

 
 
24 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech