Yangiliklar

13 Fevral 2025

Joriy yilning oʼtgan davrida Navoiy viloyatida sotilgan davlat aktivlari

Joriy yilning o'tgan davrida Navoiy viloyati hududida joylashgan xususiylashtirish dasturlariga asosan yelektron onlayn savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarining (koʼchmas mulk obʼektlar, davlat ulushi mavjud boʼlgan xoʼjalik jamiyatlarining davlat ulushlari) 18 tasi sotildi.

Mazkur davlat aktivlari elektron onlayn savdo natijalari yakunlariga koʼra sotilgan narx 4,8 mlrd soʼmni tashkil qildi.

Misol uchun: Qiziltepa tumanida joylashgan "Mineral o'g'itlar saqlash omborxonasi" 3,3 mlrd. soʼmga sotilgan.

Shuningdek bugungi kun holatida xususiylashtirish dasturlariga asosan onlayn savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarini 46 tasida savdolar davom yetmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar savdosi davom yetayotgan davlat aktivlarini sotib olib oʼz biznesingizni kengaytiring!

Navoiy viloyatida savdolarda mavjud davlat aktivlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni bu yerda koʼrishingiz mumkin!

80 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech