Yangiliklar

02 Oktyabr 2025

“Xiva Plaza” MChJning ochiq savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Davlat aktivlari agentligining joriy yil 10-iyundagi “Xiva Plaza” MChJ (“Farovon Khiva Hotel” mehmonxonasi)ning ustav kapitalidagi davlat ulushini ochiq savdo jarayonlari boʻyicha eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

 

Xususiylashtirish boʻyicha konsultant taklifiga asosan, yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilgan holda sotish jarayonlarini shaffof va raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga mazkur davlat ulushini sotib olish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati 2025-yil 14-noyabr Toshkent vaqti bilan soat 23:59 ga qadar uzaytirilganligi maʼlum qilinadi.

 

Qiziqish bildirilgan taqdirda arizani info@rsm.uz elektron pochta manziliga yuborish lozim.

 

Shuningdek, avval eʼlon qilingan maʼlumotlar va talablarning barcha boshqa bandlari oʻzgarishsiz qolgani maʼlum qilinadi.

 

Avvalgi eʼlonlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

“Xiva Plaza” MChJ boʻyicha havola

44 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech