Yangiliklar

17 Iyul 2025

“Qonirat un zavodi” AJdagi davlat aksiya paketi boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mahalliy va xorijiy investorlarni “Qonirat un zavodi” AJ ustav kapitalidagi 95,6 foiz davlat aksiya paketini sotib olish boʻyicha birja savdolariga taklif etadi.

 

Tegishli xususiylashtirish dasturlari doirasida mazkur davlat aksiya paketlari quyidagi shartlar asosida 2025-yil 18-avgustda “Toshkent RFB” AJda birja savdolariga joylashtiriladi:

  • kamida 5 yil davomida don korxonasining asosiy faoliyat turini saqlab qolish;
  • mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik;
  • qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish.

Davlat aksiya paketlarini “Toshkent RFB” AJda birja savdolariga chiqarish maqsadida “Mulk-sarmoya brokerlik uyi” AJ investitsiya vositachisi sifatida tanlab olingan.

 

“Mulk-sarmoya brokerlik uyi” AJ boʻyicha qisqa maʼlumot:

  • Manzil: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 107-uy
  • Masʼul xodimi: X. Maxmudov
  • Telefon raqami: +99871-267-35-20
  • Elektron pochta: info@ndvakt.uz
  • Veb-sayti: www.msbu.uz

Hurmatli mahalliy va xorijiy investorlar! Mazkur birja savdolarida ishtirok etish va qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

  • Davlat mulkini xususiylashtirish departamenti bosh mutaxassisi – Sh. Qurbonboyev
  • Telefon raqami: +99871-259-20-31

 

Shu bilan birga, Davlat aktivlari agentligining quyidagi ishonch telefonlari orqali xabar berishingiz mumkin: +99871-259-21-37, 1082 (qisqa raqami).

 

 

Davlat aksiya paketlari toʻgʻrisida maʼlumot

 

Sotiladigan aksiyalar 95,6 foiz
Emitentning faoliyat sohasi Tegirmon – yorma sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish
Sotiladigan aksiyalarning umumiy soni

952 594 dona

(oddiy) aksiya

Aksiyalar paketining savdoga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi 32 218 894 651,0 so‘m
Bitta aksiya paketining savdoga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi 33 822,27 so‘m
Emitentning ustav fondi miqdori 1 294 660 900 so‘m
Lotlar soni 1 ta
4 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech