Yangiliklar

21 May 2024

“Korrupsiya va uning oqibatlari” mavzusida seminar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 yanvardagi PQ-81-son Qarori hamda 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, “Korrupsiya va uning oqibatlari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur oʼquv seminarda Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi hamda tizim tashkilotlar hodimlari masofadan video aloqa vositalari orqali ishtirok etishdi.

Seminarda, korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha olib borilayotgan ishlar, bartaraf etish choralari va oqibatlari toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.

Shuni alohida takidlab oʼtish zarurki Davlat aktivlarini boshqarish sohasida korrupsiyani oldini olish boʼyicha zarur chora-tadbirlar (inson ishtirokini qisqartirish boʼyicha raqamli texnologiyalarni joriy etish) olib borilishi natijasida soʼng yillarda korrupsiya holatlariga yoʼl qoʼyilmayapti.  

Korrupsiya – jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotini izdan chiqarib, adolatsizlik natijasida insonlar oʼrtasida notenglikni yuzaga keltiruvchi, ayrim mansabdor shaxslarning nohalol yoʼl orqali mablagʼ orttirib, jamiyat tanazzuliga yuz tutishiga sabab boʼluvchi, qisqacha aytganda, barcha mamlakatlar oldida turgan global muammo hisoblanuvchi jirkanch illat sanaladi.

43 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech