Yangiliklar

31 Iyul 2025

Navoiy viloyatida joylashgan uzoq muddatdan buyon sotilmagan davlat obyektlarini xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritish orqali xususiylashtirish uchun arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga asosan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ommaviy savdolarga chiqarilgan Navoiy viloyatida joylashgan boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllangan va uzoq muddatdan buyon sotilmagan 8 ta davlat obyektlarini xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitallariga kiritish orqali xususiylashtirish uchun arizalar qabul qilish jarayoni boshlanganligini eʼlon qiladi. Xususan:

Baliqchilik ozuqa xoʻjaligi;

“Sobiq inkubator” binosi;

Omborxona binosi;

Boʻsh turgan maydon;

Sobiq sil kasalliklari dispanseri binosi;

Qurilishi tugallanmagan bino;

Boʻsh turgan bino-inshootlar;

Qoliplash sexi binosi (Kengaytirish)

Mazkur davlat obyektlarini (obyektlardan birini) ustav kapitallariga davlat ulushi sifatida kiritishga qiziqish bildirgan xoʻjalik jamiyatlari qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalarini oʻzbek, rus yoki ingiliz tillarida tayyorlab 2025-yil 31-avgust Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar navoiy@davaktiv.uz elektron pochta manziligi yoki Navoiy shahar, S. Ayniy koʻchasi, 27-uy manziliga pochta orqali yuborishlari talab etiladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiling:

Kurazov Jamshid Abduxolikovich, Davlat aktivlari agentlining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi masʼul xodimi:

navoiy-gkk@exat.uz; tel.: +998 94 600 14 85 +99879 225 62 05

3 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech