Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 apreldagi “2025 yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish maqsadida, 2030 yil 1 yanvarga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilindi hamda bozorlar ustavida mahalliy davlat hokimliklarning majburiy ishtirok etishi talabi bekor qilindi.
O‘z o‘rnida, hududlarda mazkur Farmon mazmun-mohiyatini tadbirkorlar va keng jamoatchilikka tushuntirish, uning targ‘ibot ishlarini jadallashtirish maqsadida, joriy yilning 26 iyun kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Navoiy viloyatida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari to‘g‘risida Nurota tuman tadbirkorlari va investorlari ishtirokida “Roadshow” taqdimoti o‘tkazildi.
.jpg)

.jpg)
Ushbu tadbirda 50 nafardan ziyod tadbirkorlar va investorlar, mahalliy hokimlik vakillari hamda tumandagi tegishli tashkilot vakillari ishtirok etdi.