Yangiliklar

03 Noyabr 2024

Oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan onlayn auksion natijalari to‘g‘risida

Joriy yil oktyabr oyida Navoiy viloyati hududida joylashgan xususiylashtirish dasturlariga asosan yelektron onlayn savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarining (koʼchmas mulk obʼektlar, davlat ulushi mavjud boʼlgan xoʼjalik jamiyatlarining davlat ulushlari) 3 tasi sotildi.

Mazkur davlat aktivlari jami 79,4 mlrd soʼm boshlangʼich narxda savdolarga chiqarilgan boʼlsa, yelektron onlayn savdo natijalari yakunlariga koʼra sotilgan narx 80,2 mlrd soʼmni tashkil qildi.

Misol uchun: Nurota tumanida joylashgan "Marmarobod" MCHJning 99,91 foiz davlat ulushi 80,0 mlrd. so‘mga sotilgan.

Shuningdek bugungi kun holatida xususiylashtirish dasturlariga asosan onlayn savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarini 72 tasida savdolar davom yetmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar savdosi davom yetayotgan davlat aktivlarini sotib olib oʼz biznesingizni kengaytiring!

Navoiy viloyatida savdolarda mavjud davlat aktivlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni bu yerda koʼrishingiz mumkin!

20 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech