Yangiliklar

31 May 2024

Onlayn auksion natijalari

Joriy yilning may oyi yakunlari bo‘yicha Navoiy viloyati hududida joylashgan xususiylashtirish dasturlariga asosan elektron onlayn savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarining (ko‘chmas mulk obyektlar, davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining davlat ulushlari)13 tasi sotildi.

Mazkur davlat aktivlari jami 8,2 mlrd so‘m boshlang‘ich narxda savdolarga chiqarilgan bo‘lsa, elektron onlayn savdo natijalari yakunlariga ko‘ra sotilgan narx 10,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Misol uchun: Navoiy shahrida joylashgan “Lazzat” MCHJning 100 foiz davlat ulushi 3,2 mlrd so‘mga, Qiziltepa tumanida joylashgan Quyi-Mozor nasos stansiyasidagi qurilishi tugallanmagan xlorator binosi 1,39 mlrd so‘mga sotilgan.

Shuningdek bugungi kun holatida xususiylashtirish dasturlariga asosan elektron onlayn savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarini 73 tasida savdolar davom etmoqda.

39 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech