Joriy yilning iyun oyi birinchi haftasida Navoiy viloyati hududida joylashgan xususiylashtirish dasturlariga asosan elektron onlayn savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarining (koʼchmas mulk obʼektlar, davlat ulushi mavjud boʼlgan xoʼjalik jamiyatlarining davlat ulushlari) 8 tasi sotildi.
Mazkur davlat aktivlari jami 2,4 mlrd soʼm boshlangʼich narxda savdolarga chiqarilgan boʼlsa, elektron onlayn savdo natijalari yakunlariga koʼra sotilgan narx 2,8 mlrd soʼmni tashkil qildi.
Misol uchun: qiziltepa tumanida joylashgan Chorvachilik bino inshootlari 718,0 mln soʼmga sotilgan.
Shuningdek bugungi kun holatida xususiylashtirish dasturlariga asosan elektron onlayn savdolarga chiqarilgan davlat aktivlarini 87 tasida savdolar davom etmoqda.

