Yangiliklar

22 Noyabr 2024

Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom to'g'risida seminar bo'lib o'tdi

Navoiy viloyat hududiy boshqarmasida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 708-sonli “Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan, joriy yilning 22-noyabr sanasida iqtisodiy sud sudyalari, soliq boshqarmasi, tadbirkorlar va sud boshqaruvchilari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Ushbu seminarda Karmana tumanlararo iqtisodiy sudi raisi A.Xamidov va boshqarma bosh mutaxassisi A.Boymuratovlar tomonidan qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha seminar ishtirokchilariga batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilari tomonidan qarorning mazmun mohiyati va ahamiyati bo‘yicha berilgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javob berildi.

26 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech