Yangiliklar

16 Avgust 2025

“Boysunkoʻmir” MCHJning ochiq savdo jarayonlari boshlandi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlari agentligi “Boysunkoʻmir” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda – Aktiv) ochiq savdo jarayonlari boshlanganini eʼlon qiladi.

 

Xususiylashtirish jarayonini samarali tashkil etish maqsadida, “Alkes Research” MChJ (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida jalb etilgan.

 

Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:

  • Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida joylashgan;
  • “Boysun” koʻmir konining “Janubiy” uchastkasida 2055-yilga qadar qazib olish huquqiga ega.

 

Savdo jarayoni haqida:

 

Xususiylashtirish jarayoni mahalliy va xalqaro ishtirokchilar uchun ochiq boʻlib, ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (EoI);
  2. Majburiyatga ega boʻlgan takliflar taqdim etish (BO).

 

EoI bosqichi talablari:

 

Talabgorlar quyidagi maʼlumotlar bilan EoI arizalarini taqdim etishlari kerak:

  1. Talabgor haqida qisqacha maʼlumot (roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumot, faoliyat turi).
  2. Ustav kapitalida 5% va undan ortiq ulushga ega aksiyadorlar/ishtirokchilar va yakuniy benefitsiarlar toʻgʻrisida maʼlumot.
  3. Oxirgi 3 yil uchun moliyaviy hisobotlar.

 

EoI arizalari talabgor xohishiga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlanib, 2025-yil 20-sentabr soat 23:59 (Toshkent vaqti)ga qadar info@alkes.co elektron manziliga yuborilishi kerak.

 

Saralash mezonlari:

  • Aktivni sotib olish uchun moliyaviy resurslarining yetarliligi;
  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya etilishi;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) hech biri davlat kompaniyasi emasligi;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmagan boʻlishi. Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs(lar) yoki yuqorida aytib oʻtilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov obyekti(lari) boʻlmasligi, talabgorlar (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib oʻtilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid boʻlgan har qanday faoliyatga (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki biron bir shoʻba korxonasi orqali) jalb etilmagan boʻlishlari va Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri), shuningdek uning tegishli shaxslaridan birortasining asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari boʻlmasligi.

 

EoI bosqichi yakunlangach, navbatdagi bosqichga oʻtganlar roʻyxati shakllantiriladi va Davlat aktivlari agentligi tomonidan mazkur bosqich natijasi boʻyicha tegishli eʼlon beriladi.

 

Konsultant tomonidan qiziqish bildirgan barcha talabgorlarga Jarayon xati (Process Letter) orqali jarayon natijalari va keyingi bosqich toʻgʻrisida individual ravishda xabardor qilinadi.

 

Keyingi bosqich boʻyicha qisqa maʼlumot:

 

BO bosqichiga oʻtgan ishtirokchilar bilan Axborotni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi bitim (NDA) imzolanadi hamda virtual maʼlumotlar xonasiga (VDR) kirish, shuningdek, Konsultant tomonidan tayyorlangan moliyaviy, soliq va yuridik tahliliy hisobotlarni oʻrganish, Aktivga tashrif buyurish imkoniyati yaratiladi.

 

Majburiyatga ega boʻlgan takliflar (BO)ni taqdim etishdan avval jamiyatning faoliyat sohasining rivojlanish strategiyasini inobatga olgan holda xususiylashtirilish va kelgusi faoliyatiga qoʻyiladigan talablarga oid Savdoning asosiy shartlari boʻyicha Bitim (Term Sheet) imzolanishi talab etiladi, shuningdek taklif qiymatining kamida 1% miqdorida kafolat toʻlovi talab etiladi.

 

Ushbu eʼlon chop etilgandan soʻng Konsultant Aktivni targʻib qilish, investitsiya tizerlarini tarqatish va investorlar bilan faol muloqotga kirishish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

 

Davlat aktivlari agentligi Konsultant bilan hamkorlikda savdoning har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikka axborot berib, ishtirokchilarni xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.

 

Aloqa uchun:

 

Diskleymer:

Davlat aktivlari agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davlat aktivlari agentligining Aktivni sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davlat aktivlari agentligi oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday munosabatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:

(i) savdo jarayonining bosqichlari muddati va tartibini oʻzgartirish;

(ii) turli xil manfaatdor tomonlar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davlat aktivlari agentligi tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) aniq sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;

(iv) va/yoki istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Savdoga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni olib borish/tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.

76 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech