Yangiliklar

05 Sentyabr 2025

Davlat aktivlari agentligi Navoiy viloyati yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan muloqot tarzida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan topshiriqlarga muvofiq, “Yoshlar balansi” asosida alohida eʼtibor talab etadigan yoshlarni vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlariga biriktirish doirasida, yordamga muhtoj va alohida qoʻllab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan yoshlarning manzilli roʻyxati shakllantirilib, Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining bayoni asosida Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga Navoiy viloyati Xatirchi tumanidan jami 37 nafar yosh biriktirildi. Jumladan, “Oq oltin” MFYdan 8 nafar, “Qoʻrgʻontepa” MFYdan 11 nafar, “Uyshin” MFYdan 9 nafar va “Koʻksaroy” MFYdan 9 nafar yoshlar kiritilgan.

 

 

Shu asosda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mas’ullari Navoiy viloyatinining agentlikka biriktirilgan yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

 

 

Tadbirda Davlat aktivlari agentligi direktorining maslahatchisi F.Toʻrayev, Xatirchi tumani hokimi U.Adizov, Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi U.Baxromov ishtirok etdi. Unda yoshlarning bugungi kundagi mavjud muammolari, qiziqishlari bilan yaqindan tanishilib, ularning taklif va fikr-mulohazalari o‘rganib chiqildi.

 

 

Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini taʼminlash, ularning ijtimoiy hayotga faol jalb etish hamda mahallalarda yoshlar bilan tizimli ishlash boʻyicha soʻz yuritildi.

 

 

Oʻz navbatida yoshlarning faoliyat yuritayotgan sohasi, qiziqishlari, bugungi kundagi mavjud muammolari va bandligini taʼminlash maqsadida, Davlat aktivlari agentligi nomidan 4 nafar yoshlarga payvandchilik ishlari uchun ustachilik anjomlari11 nafar yoshlarga uy sharoitida tikuvchilik faoliyati uchun tikuv mashinalari2 nafar yoshga biriktirilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanish uchun qishloq xoʻjaligi texnikalari hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish uchun 1 ta kompyuter jihozi topshirildi.

 

 

Bu uchrashuvlar davomida yoshlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va ularni hal etishga qaratilgan amaliy choralarni samarali amalga oshirish imkonini bermoqda.

190 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech