Yangiliklar

16 Iyun 2025

Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, "E-auksion" platformasida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun mo'ljallangan yer uchastkalari savdosida ishtirok eting!

Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, Navoiy viloyati hududidan
"E-auksion" elektron savdo platformasiga chiqarilgan tadbirkorlik va shaharsozlik maqsadlari uchun 2 mingdan ortiq yer uchastkalarini sotib oling! "E-auksion" platformasida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun mo'ljallangan yer uchastkalari savdosida ishtirok eting!

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.2025-yildagi “2025-yil uchun xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi PF-70-son qarori mazmun mohiyati to‘g‘risida ma’lumot

Yer uchastkalarini realizatsiya qilishda:

1) Barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati oʼn besh ish kunida toʼliq, toʼlangan taqdirda, jami summaga nisbatai 20 foiz chegirma beriladi, bundan boshlangʼich narxi 50 foizdan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari mustasno.

2) Sotib olish toʼlovlarini boʼlib-boʼlib toʼlash yoʼnalishida:

  1. a) Savdo-sanoat palatasi tomonidan berilgan "20 ming tadbirkor-500 ming malakali mutaxassis" dasturida ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikatga ega tadbirkorlik subʼektlari (Dasturga kiritilgan Toshkent shax,ridan roʼyxatdan oʼtgan tadbirkorlik subʼektlari bundan mustasno) auktsionda davlat mulkidagi yerga boʼlgan huquqlarni sotib olganda tadbirkorlik subʼektlari tomonidan yaratiladigan yangi ish urinlari soniga qarab yildan 5 yilgacha toʼlovlarni foizsiz toʼlash imkoniyati beriladi.
  2. b) Qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldik, summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda boʼlib-boʼlib toʼlashga ruxsat beriladi:

Toshkent shaxhrida - 1 yil davomida hamda Nukus shahri va viloyatlar markazlarida - 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki toʼlovni un besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

boshqa aholi punktlarida - 5 yil davomida, ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʼzbekiston Respublikasining 4- va 5-toifalardagi tumanlarida esa 10 yil davomida kamida 15 foiz mikdorida dastlabki toʼlovni oʼn besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

  1. v) erkin iqtisodiy, kichik va yoshlar sanoat zonalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun auktsion orqali yer ijaraga olinganda ijara toʼlovlari loyiha ishga tushgunga qadar, biroq 2 yildan koʼp boʼlmagan muddatga toʼlash kechiktirilishi mumkin;

3) Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib toifalarga ajratilgan Oʼzbekiston Respublikasining 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlarida davlat mulki hisoblangan yer uchastkalarini elektron savdolarga chiqarishda preferentsiyalar berish maqsadida lotning boshlangʼich zakalat miqdori (amaldagi stavkaga nisbatan) 50 foiz miqdorida belgilanadi.

4) Boʼlib-boʼlib toʼlash sharti bilan sotilgan qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalari boʼyicha kamida 35 foiz mifdoridagi dastlabki toʼlovni biryoʼla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur yer uchastkalarini Davlat aktivlari va qishloq, xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga quyish tartibi toʼgʼrisidagi nizom talablariga muvofiq, kredit taʼminoti sifatida garovga qoʼyish huquqi beriladi.

Bunda 4- va 5-toifalarga kiritilgan tumanlarda joylashgan mulk huquqi asosida sotib olingan qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalarini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʼyish dastlabki toʼlov miqdori 15 foiz miqdorida boʼlganda amalga oshiriladi.

5) Аuktsion savdolariga chiqarilgan qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalari (Toshkent shahri va viloyat markazlari bundan mustasno) uch oy davomida sotilmaganda, ularning boshlangʼich narxi 30 foizigacha, olti oy davomida sotilmaganda 10 foizigacha bosqichma-bosqich 10 foizdan pasaytiriladi.

Yer uchastkalarini sotilishini jadallashtirishda:

Elektron onlayn auktsion savdolari orqali ijara huquqi asosida sotib olingan qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yer uchastkalari, yer uchastkasi uchun toʼlovlar toʼliq toʼlanganidan keyin Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari va (yoki) yuridik shaxslari tomonidan xususiylashtirilishiga yoʼl qoʼyiladi.

Elektron onlayn auktsion savdolarida turgan maydoni kichik boʼlgan yonma-yon turgan yer uchastkalari shaharsozlik normalaridan kelib chiqqan holda birlashtirilib, qoʼshimcha kelishuvlarsiz qayta auktsion savdolariga chiqariladi.

4 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech