Yangiliklar

13 Mart 2026

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida rahbar va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi

Joriy yilning 12-mart kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbariyati ishtirokida agentlikning yosh xodimlari bilan navbatdagi rahbar va yoshlar uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda Davlat aktivlari agentligi markaziy apparati, idoraviy mansub tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalardan jami 150 nafarga yaqin yosh xodimlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbir yosh kadrlarning faolligini yanada oshirish, ularning innovatsion gʻoyalari bilan tanishish, shuningdek, taklif va tashabbuslarini tinglash maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi mutaxassislari ham ishtirok etib, yoshlarga “Mutolaa” platformasining imkoniyatlari hamda undan samarali foydalanish usullari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Tadbir davomida yoshlar oʻz loyihalari va tashabbuslari bilan oʻrtoqlashib, tizim faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarini bildirdi. Shuningdek, Davlat aktivlari agentligi rahbariyati tomonidan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda kelgusidagi faoliyati uchun yangi imkoniyatlar yaratish boʻyicha zarur choralar koʻrilishi taʼkidlandi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida oʻtib, yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar kelgusidagi faoliyatda inobatga olinishi qayd etildi.

5 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech