17-oktabr kuni Navoiy shahrida xususiylashtirilishi rejalashtirilgan davlat aktivlari bo‘yicha Roadshow taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tadbirkorlar, investorlar va ishbilarmon doiralar vakillarini mazkur taqdimotda ishtirok etishga taklif etadi. Tadbir davomida korxonalardagi davlat ulushlari, bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari hamda sotuvga chiqarilayotgan yer uchastkalari taqdim etiladi.
Sana va vaqt: 17-oktabr, soat 11:00.
O‘tkazilish joyi: «Ma’naviyat va ma’rifat» binosi.
Manzil: Navoiy shahri, Me’morlar ko‘chasi, 4-uy.
Davlat aktivlarini xarid qilish va yangi investitsiya imkoniyatlaridan foydalanish istagida bo‘lgan barcha manfaatdor tadbirkorlar va investorlarni tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz!

