Yangiliklar

02 Oktyabr 2026

Davlat aktivlari agentligida mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

2026-yil 30-sentabr kuni Davlat aktivlari agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyati va ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Agentlik markaziy apparati xodimlari, tizim tashkilotlari hamda hududiy bo‘linmalar vakillari Zoom platformasi orqali onlayn tarzda qatnashdilar.

Shuningdek, mazkur tadbirda iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rahimov Eshmurod hamda tarix fanlari doktori, dotsent Ochilov Farhod ishtirok etdilar.

Ma’ruzachilar o‘z chiqishlarida O‘zbekiston tarixining asosiy bosqichlari, mamlakatimiz ilm-fani va madaniyatining atoqli namoyandalari, ularning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, tarixiy va madaniy merosning zamonaviy avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Birinchi va Ikkinchi Renessanslar davrida buyuk olim va mutafakkirlar — Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy — o‘zlarining ilmiy va madaniy yutuqlari bilan insoniyat tafakkuri xazinasini boyitganlari haqida so‘z bordi.

Xususan, Amir Temurning davlat bunyodkorligi faoliyati hamda jadidlar harakati namoyandalarining ma’rifatparvarlik g‘oyalariga — Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar davomida mustaqillikning ahamiyati masalasiga ham alohida o‘rin berildi. Prezident nutqida ta’kidlanganidek, mustaqillikning ahamiyati, avvalo, inson qadr-qimmatini yuksaltirish va erkin hamda farovon hayot kechirish uchun imkoniyatlar yaratishda namoyon bo‘ladi. Mustaqil rivojlanishning 35 yili davomida mamlakatimiz katta o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tdi. Kelgusidagi taraqqiyot esa xalq birligi, bunyodkorlik mehnati, ta’lim, ilmiy yutuqlar hamda har bir fuqaroning Vatan kelajagi uchun mas’uliyati bilan bog‘liqligi ta’kidlandi.

 

6 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech