Davlat aktivlari agentligining joriy yil 26-sentabrdagi “Boysunko‘mir” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushining ochiq savdo jarayonlari boʻyicha eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.
Davaktiv agentligi talabgorlarni majburiyatga ega boʻlgan tijorat takliflarini tayyorlashda Aktivlarni moliya-xoʻjalik faoliyatini kompleks tahlil qilish uchun qoʻshimcha muddat berish toʻgʻrisidagi murojaatlariga muvofiq, xususiylashtirish boʻyicha konsultant “Alkes Research” kompaniyasining tavsiyasiga asosan, barcha talabgorlarga Aktivlarni sotib olish narxi boʻyicha Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish muddatini 2025-yil 10-noyabr kuni soat 23:59 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.
Avvalgi chop etilgan eʼlonning (havola) qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.

