Davlat aktivlari agentligining joriy yil 6-oktabrdagi eʼloniga muvofiq, “Shargʻunkoʻmir” AJ ustav kapitalidagi 99,55 foiz davlat aksiyalar paketini ochiq savdo jarayoni boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi.
Xususiylashtirish boʻyicha konsultant – "Alkes Research" kompaniyasining taklifiga asosan, yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilgan holda sotish jarayonlarini shaffof va raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga mazkur davlat aksiyalar paketini sotib olish yuzasidan qiziqish bildirish boʻyicha arizalar (Express of Interest)ni qabul qilish muddati 2025-yil 28-noyabr soat 23:59 (Toshkent vaqti)ga qadar uzaytirilganligi maʼlum qilinadi.
Qiziqish bildirilgan taqdirda arizalarni info@alkes.co elektron pochta manziliga yuborish lozim.
Shuningdek, avval eʼlon qilingan maʼlumotlar va talablarning barcha boshqa bandlari oʻzgarishsiz qolgani maʼlum qilinadi.

