Yangiliklar

30 Sentyabr 2025

“UzSungwoo” MChJning ochiq savdo jarayonlari yuzasidan axborot

Davlat aktivlari agentligining joriy yil 5-avgustdagi “UzSungwoo” MChJ ustav kapitalidagi 50 foiz davlat ulushini ochiq savdo jarayoni boʻyicha eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.

 

Xususiylashtirish boʻyicha konsultant – “Portfolio Investments” kompaniyasining taklifiga asosan, yanada koʻproq salohiyatli investorlarni jalb qilgan holda sotish jarayonlarini shaffof va raqobat muhitida oʻtkazish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga mazkur davlat ulushini sotib olish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddati 2025-yil 30-oktabr soat 23:59 (Toshkent vaqti)ga qadar uzaytirilganligi maʼlum qilinadi.

 

Qiziqish bildirilgan taqdirda arizalarni munir.yakubov@piamg.uz elektron pochta manziliga yuborish lozim.

 

Shuningdek, avval eʼlon qilingan maʼlumotlar va talablarning barcha boshqa bandlari oʻzgarishsiz qolgani maʼlum qilinadi.

40 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech